Howo 20 t vodovoz
Ichimlik va texnik suvlarni uzoq masofalarga tashish, qurilish maydonlari hamda sanoat obyektlarini suv bilan ta'minlash, shuningdek, ko'chalarni yuvish va sug'orish ishlari uchun mo'ljallangan yuqori sig'imli Sinotruk HOWO 6×4 suv tashuvchi (vodovoz) maxsus avtomobili. 20 kub metrli mustahkam po'lat sisterna va quvvatli MAN dvigateli bilan jihozlangan.
Asosiy texnik xususiyatlari:
Marka va g'ildirak formulasi: Sinotruk HOWO 6×4
Dvigatel: MAN, 6 silindrli, quvvati 290 ot kuchi (l.s.)
Uzatmalar qutisi (KPP): HOWO 9 pog'onali mexanik
Old o'q (perednyaya os): 5.5 tonna
Orqa ikki o'qli aravacha (telejka): 13 tonna
Shinalar: Po'lat kordli 11.00R20 (metallokord)
Sisterna va suv tarqatish uskunalari:
Sisterna hajmi: 20 m³ (20 000 litr)
Sisterna materiali: Yuqori sifatli uglerodli po'lat, devor qalinligi 5 mm
Jihozlanishi: Old, yon va orqa suv tarqatish/purkash uskunalari (raspylitel), yuqori bosimli suv to'pponchasi (vodomet) hamda orqa ishchi platforma (maydoncha)
Kabina qulayliklari:
Avtomatik konditsioner (klimat-nazorat)
Elektr oyna ko'targichlar
Markaziy qulf
Masofadan boshqariladigan kalit (pult)
-
Dvigatel
-
Марка:
-
Bochka hajmi
-
Кабина: